Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
24 aprel 2024 y.   

“O‘zInjiniring” RLIda muhandis-texnolog lavozimiga tanlov eʼlon qilindi.

Funksional vazifalari:

1. Loyihaoldi, loyiha hujjatlarini ishlab chiqish.

2. Zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari va qurilish materiallari, fan va texnika yutuqlari haqidagi maʼlumotlarni yig‘ish va tartibga solishni tashkil etish.

3. Texnik topshiriqqa muvofiq texnologik jarayonlar va uskuna turlarini aniqlash. Texnologik jarayonlar uchun mos jihozlar, texnologik asbob-uskunalar, avtomatizatsiya va mexanizatsiya vositalari parammetrlarini tanlash. Optimal ish rejimlarini, sifat nazoratining asosiy usullarini aniqlash. Uskuna va jihozlarni joylashtirish, ish joylarini texnik jihatdan jihozlash va tashkil etish  rejalarini tuzish, ishlab chiqarish quvvatlarini va uskunalarning ish bilan yuklanishini hisob-kitob qilish. Loyiha hujjatlarining tegishli bo‘limlari uchun chizmalar, sxemalar, uskunalar spetsifikatsiyalari va tushuntirish xatlarini tayyorlash.

4. Ishlab chiqilgan hujjatlarni Institutning o‘zaro bog‘langan bo‘linmalari va buyurtmachilar bilan muvofiqlashtirish. Yozishmalarni olib borish va xizmat hujjatlarini yuritish. Ishlar bajarilishi uchun zarur texnik topshiriqlar va dastlabki maʼlumotlarni ishlab chiqarish bo‘linmalaridan olish va/yoki ularga berish.

5. Bevosita o‘z rahbarining alohida xizmat topshiriqlarini bajarish.

 

Talabgorga qo‘yiladigan talablar:

Maʼlumoti: Oliy / muhandislik (texnika) ixtisosi bo‘yicha

Ish tajribasi: xuddi shunday lavozimda kamida 5 yillik tajriba

Quyidagi maxsus dasturlarni bilishi kerak:

Windows operatsion sistemasi, Microsoft Word, Microsoft Excel, AutoCAD, PowerPoint va boshqa dasturlar

Rezyume jo’natish

Faylni biriktirish…
Faylning maksimal hajmi 3.00 MB
* To’ldirish majburiy bo’lgan katakchalar
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech