Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

«O‘zInjiniring» RLIda murakkablikning barcha toifalaridagi ishlab chiqarish, fuqarolik va infratuzilma obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, modernizatsiya qilish va kapital ta’mirlash uchun loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha katta tajriba toʻplangan.

Biz hamkorlarimizga quyidagilarni taklif etamiz:

  • toʻgʻri, puxta va asosli yondashuv;
  • muhandislik xizmatlarini koʻrsatishning yuqori darajasi;
  • texnik masalalarni hal qilishda moslashuvchanlik;
  • loyiha guruhining malaka doirasining kengligi va professional fikrlashi.

Institut loyihalarni moslashtirish buyurtmalarini bajaradi. Mutaxassislarimiz texnik tarjimalar, texnik hujjatlarni mijozga qulay shaklda moslashtirish borasida katta tajriba toʻplaganlar. Institut xorijiy loyihalarning Oʻzbekistonda qoʻllanilishi uchun yuqori sifatli moslashtiriluvini kafolatlaydi.

выполненные проекты

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech