Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot startegiyasi to‘g‘risida” PF-60-son Farmoni bilan quyidagi yettita ustuvor yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot Strategiyasi va uni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” da amalga oshirishga oid Davlat dasturi tasdiqlandi:

  • inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish;
  • mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish;
  • milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish surʼatlarini taʼminlash;
  • adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish;
  • maʼnaviy taraqqiyotni taʼminlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish;
  • milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish;
  • mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish.
№ UP-60

1. Hududlarning muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma tizimini hamda xizmat ko‘rsatish va servis sohalarini rivojlantirish doirasida 34-maqsadni amalga oshirish uchun respublika hududlarida qariyb 80 ming kilometr magistral va taqsimlovchi elektr  tarmoqlari, 20 mingdan ortiq transformator punktlari hamda 200 dan ziyod podstansiyani qurish va yangilash belgilangan.

2022 yilda Institutning Respublika hududlarida magistral va taqsimlovchi elektr tarmoqlari, transformator punktlari va podstansiyalarni qurish va rekonstruksiya qilish jarayonida elektr energetika sohasida loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va moslashtirish bilan loyihalash, moslashtirish bo‘yicha tenderlarda qatnashish rejalashtirilgan. Institut “Yangi Amu-Buxoro I nasos stansiyasini qurish” loyihasi doirasida Ishchi hujjatni moslashtirish bo‘yicha tanlovda ishtirok etdi.  

2. “Jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanadigan fuqarolarning sonini oshirish”
67-maqsadini amalga oshirishni tashkil etish uchun 2022 yilda Institut xodimlarini sport tadbirlariga jalb etish, ular o‘rtasida musobaqalar o‘tkazish ustuvor vazifa sifatida belgilandi.

Ushbu yo‘nalishda 2022 yil 19-22 iyun kunlari Institut xodimi Sirdaryo viloyatida sportning “STRITBOL” turi bo‘yicha Respublika sport musobaqasining final bosqichida ishtirok etib, fahriy 2-o‘rinni egalladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech