Ekologiya sohasida boshqaruvni takomillashtirish va loyihalar samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ekologiya va
So‘nggi yillarda mamlakatimizda tabiatni muhofaza qilish, atmosfera havosini yaxshilash, yashil hududlarni ko‘paytirish va iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Lekin amaldagi tizimdagi tarqoqlik, mas’uliyat va vakolatlarning turli idoralar o‘rtasida bo‘linib ketgani natijasida ishlar samarasi ham doimo kutilgan darajada bo‘lmayapti.
Shu munosabat bilan yig‘ilishda sohada boshqaruvni takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan takliflar ko‘rib chiqildi.
Ekologik nazoratni alohida yondashuvlar asosida yo‘lga qo‘yish va mas’ul idoralarning vakolatlarini kengaytirish rejalari haqida ma’lumot berildi. Bunda, sohadagi qoidabuzarliklarga qarshi tezkor chora ko‘rish, daraxtlarning noqonuniy kesilishi, havoning ifloslanishini oldini olish, jamoatchilik ishtirokini kengaytirish mexanizmlari, shuningdek, sanoatda ekologik tartibga solishni takomillashtirish va aholi punktlarida yashil hududlarning saqlanishini ta’minlash choralari ko‘rib chiqildi.
Prezidentimiz bildirilgan takliflarni ma’qullab, ularni boshqaruvda sifat va samaradorlikni yangi bosqichga olib chiqish, nazorat va mas’uliyatni kuchaytirish nuqtayi nazaridan yanada takomillashtirish yuzasidan topshiriqlar berdi.