Ko‘p yillik sadoqatingiz va mehnatingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz!

Bugun tashkilotimizda alohida bir tadbir bo‘lib o‘tdi – hurmatli oqsoqollarimizni hayotlarining “mehnat qilish davridan” “keksalik gashtini surish mavsumiga” kuzatib qoʻydik.
Uzoq yillar davomida o‘z ishiga va jonajon jamoasiga sadoqati bilan biz uchun eng oliy namuna bo‘lib kelgan faxriylarimizga samimiyat bilan “Rahmat” deymiz. Jamoamiz rivojiga qoʻshgan hissangiz Siz yaratib bergan oʻzaro ishonch muhitida, kundalik muolalarimizdagi samimiy tabassumingizda, har kuni o‘zingiz bilan korxonaga olib kelganingiz xotirjamlik, osoyishtalik va ichki nuringizda yashab kelmoqda.
Siz o‘z mehnatingiz, tajribangiz va donoligingiz bilan “O‘zInjiniring” RLIning ulkan o‘zgarishlari va muhim tarixiy bosqichlariga guvoh bo‘ldingiz – aynan Sizlar tufayli jamoamizda yuksak professionallik, oʻzaro hurmat va hamjihatlik an’analari yaratildi va bu an’analar bugungi kunda ham yashab kelmoqda.
Sizni kuzatib qo‘yar ekanmiz, qalbimizda bir vaqtning o‘zida ham faxr, ham yengil bir qayg‘u tuyg‘ularini his etmoqdamiz. Ammo eng muhimi koʻgillarimizni qilgan barcha ezgu ishlaringiz uchun chuqur minnatdorchilik hissi chulgʻab olgan. Siz bosib o‘tgan yo‘l xodimlarimizning yangi avlodlari uchun doimo yoʻlchi yulduz bo‘lib xizmat qilajak.