“OʻzInjiniring” RLI” MChJ, “Oʻzbekneftgaz” AJ va Xitoyning “CPECC” kompaniyasi oʻrtasida bir qator hujjatlar imzolandi.
25 Dekabr 2025
333
Oʻzbekistonning jadal rivojlanayotgan energetika sektorida asosiy loyihalardan biri boʻlmish Buxoro neftni qayta ishlash zavodini (NQIZ) modernizatsiya qilish loyihasi amalga oshirilmoqda. Buning natijasida Yevro-5 standartiga mansub ekologik toza yoqilgʻiga toʻliq oʻtish va eskirgan AI-80 benzinidan toʻliq voz kechishga erishish kutilmoqda.