Tabiatni muhofaza qilish sohasidagi chora-tadbirlar koʻrib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev
Mamlakatimizda soʻnggi yillarda
Taqdimotda ekologiya sohasidagi huquqbuzarliklar holati tahlil qilindi. Qayd etilganidek,
Shu bois, yuridik shaxslarga nisbatan moliyaviy sanksiyalarni qayta koʻrib chiqish, ularni tabiatga yetkazilgan zarar miqdoriga bogʻlash va xalqaro amaliyotga yaqinlashtirish taklif etildi. Jumladan, daryo oʻzanlaridan noruda materiallarni noqonuniy qazib olish, suv resurslarini ifloslantirish, daraxt va butalarni gʻayriqonuniy kesish, atmosfera havosiga belgilangan meʼyordan ortiq tashlamalar chiqarish, qurilish maydonlarida chang va qum zarrachalarining havoga koʻtarilishiga yoʻl qoʻyish, chiqindilarni belgilanmagan joylarda yoqish kabi holatlar uchun taʼsirchan moliyaviy choralar joriy etish koʻzda tutilgan.
Bu jarayonda maʼmuriy jarima va tabiatga yetkazilgan zarar uchun kompensatsiya toʻlovini yagona moliyaviy sanksiyaga birlashtirib, korxona aybini tan olgan holatlarda uni Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi tomonidan qoʻllash, nizoli holatlarda esa masalani sud tartibida koʻrib chiqish va hal etish tartibini joriy qilish taklif qilindi.
Taqdimotda Ugom daryosining tabiiy muvozanatini tiklash va uning noyob tabiiy merosini saqlash boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi.
Ugom daryosi va uning havzasi
Tahlillarga koʻra, keyingi yillarda Ugom daryosida suv sarfi kamayib, suv sifatiga taʼsir etuvchi omillar koʻpaygan. Bu holat qirgʻoqlarning yemirilishi, fauna va oʻsimlik dunyosiga salbiy taʼsir koʻrsatishi,
Shu bois, Ugom daryosi va unga tutash hududlarni davlat gidrologik tabiat yodgorligi deb eʼlon qilish, sohilboʻyi va suvni muhofaza qilish zonalarida tabiiy gidrologik tizimga taʼsir koʻrsatuvchi qurilish va yer ishlarini cheklash taklif etildi. Shuningdek, suv muhofaza zonalaridagi obyektlarni xatlovdan oʻtkazish, ularning suv sifati va biofaunaga taʼsirini baholash vazifalari belgilandi. Ekologik talablarga javob bermaydigan faoliyatlarni toʻxtatish yoki boshqa joyga koʻchirish masalasi koʻrib chiqiladi.
Qolaversa, daryoning gidrologik va ekologik holatini barqaror rivojlantirish boʻyicha «Ugom daryosi ekotizimini yaxshilash» master rejasini ishlab chiqish, sohilboʻyi va muhofaza zonalarida yer degradatsiyasining oldini olish uchun daraxt va butalar ekish koʻzda tutilgan.
Chiqindilarni boshqarish sohasidagi ishlar ham atroflicha tahlil qilindi.
Joriy yilda sanitar tozalash korxonalariga qoʻshimcha maxsus texnika va konteynerlar yetkazib berib, qamrovni 90 foizga yetkazish, 18 ta poligonni rekultivatsiya qilish,
Chiqindilarni qayta yuklash stansiyalarini qurish orqali logistika xarajatlarini kamaytirish, saralash va qayta ishlash hajmini oshirish, poligonlarga tushadigan yuklamani qisqartirish muhimligi taʼkidlandi.
Maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish boʻyicha yirik investitsiya loyihalarining borishi toʻgʻrisida ham axborot berildi. Umumiy qiymati 933 million dollar boʻlgan 6 ta zavodni qurish ishlari Andijon, Namangan, Fargʻona, Samarqand, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida amalga oshirilmoqda. Bu zavodlar ishga tushgach, yiliga 3,6 million tonna qattiq maishiy chiqindi qayta ishlanib, 1,6 milliard
Xavfli chiqindilarni boshqarish boʻyicha MDH hududida ilk integratsiyalashgan platforma yaratish taklif qilindi. Navoiy viloyatida amalga oshirilishi rejalashtirilgan mazkur investitsiya loyihasi doirasida xavfli chiqindilarni laboratoriyada tavsiflash, maxsus poligon tashkil etish, chiqindilardan RDF yoqilgʻi ishlab chiqarish,
Loyiha qiymati 260 million dollar boʻlib, yiliga 330 ming tonna xavfli chiqindini qayta ishlash quvvati yaratiladi. Uning amalga oshirilishi ekologik barqarorlikni taʼminlash, yangi standartlar va ilgʻor texnologiyalarni joriy etish, mahalliy kadrlarni tayyorlashga xizmat qiladi.
Qayd etilganidek,
Shu munosabat bilan qurilish chiqindilarini «hosil boʻlishdan utilizatsiyagacha» bo‘lgan jarayonini toʻliq nazorat qiladigan raqamli platforma yaratish, chiqindilar harakatini GPS orqali real vaqt rejimida kuzatish, poligonlarda saralash va qayta ishlash komplekslarini tashkil etish taklif etildi.
Shuningdek, qurilish obyektlarini qabul qilishda chiqindilarni utilizatsiya qilish boʻyicha shartnoma shartlari bajarilganini majburiy talab sifatida belgilash, noqonuniy tashlash holatlarini foto va video qayd etish orqali aniqlash hamda javobgarlik choralarini kuchaytirish nazarda tutilmoqda.
Taqdimotda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni rivojlantirish, noyob oʻsimlik va hayvonot dunyosini saqlash boʻyicha loyihalar ham koʻrib chiqildi. Xususan, «Fargʻona» milliy tabiat bogʻi tarkibidagi «Yozyovon» tabiat yodgorligi hududini muhofaza qilish, dendrologik bogʻ tashkil etish, kuzatuv minoralari, maxsus dronlar va raqamli monitoring tizimlari orqali nazoratni kuchaytirish rejalashtirilgan.
Ushbu hududda tashrif markazi tashkil etish, piyoda sayr marshrutlari, qushlarni kuzatish maydonlari, foto va panorama nuqtalari,
Shuningdek, «Ovjazsoy — Moviy togʻlar» milliy tabiat bogʻi hududida ham ekologik turizmni rivojlantirishga qaratilgan obyektlar barpo etish takliflari koʻrib chiqildi. Bunda tabiiy manzaralar va togʻ ekotizimlarini
Taqdimotda joriy yilda Samarqand shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan «ECO EXPO Central Asia 2026» xalqaro koʻrgazmasi va Global ekologik jamgʻarmaning
Global ekologik jamgʻarma 186 ta ishtirokchi davlatni birlashtirgan yirik xalqaro moliya instituti boʻlib, Oʻzbekiston unga
«ECO EXPO Central Asia 2026» koʻrgazmasi esa mahalliy sanoat, hokimliklar, xalqaro moliya institutlari, innovatsion «yashil» texnologiyalar provayderlari va investorlar oʻrtasida hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi.
Davlatimiz rahbari taqdim etilgan takliflarni maʼqullab, tabiatni muhofaza qilish sohasida nazorat va javobgarlikni kuchaytirish, chiqindilarni boshqarishda zamonaviy tizimlarni joriy etish, suv resurslari va