Institut tomonidan “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” Davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot
Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot startegiyasi to‘g‘risida” PF-60-son Farmoni bilan quyidagi yettita ustuvor yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot Strategiyasi va uni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” da amalga oshirishga oid Davlat dasturi tasdiqlandi:- inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish;
- mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish;
- milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish surʼatlarini taʼminlash;
- adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish;
- maʼnaviy taraqqiyotni taʼminlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish;
- milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish;
- mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish.
1. “Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish” 5-maqsadini amalga oshirishni tashkil etish maqsadida ish yuritishni taʼminlash va maʼmuriy boshqaruv jarayonlari sifatini oshirish masalasi ustuvor vazifa sifatida belgilangan.
2022 yil 1-yarim yillikda Institutning ichki meʼyoriy hujjatlarini lotin yozuviga asoslangan davlat tiliga o‘tkazish jarayonining ikkinchi bosqichini amalga oshirish bo‘yicha ish olib borish rejalashtirilgan.
Ushbu yo‘nalishda quyidagi ishlar amalga oshirildi:
Institutning ichki buyrug‘iga asosan, 01.08.2021 yildan boshlab Institutning barcha direktiv, maʼmuriy, xizmat va boshqa hujjatlari lotin yozuviga asoslangan davlat tiliga tarjima qilinadi. Shu bilan birga, Institutda ish yuritish davlat tilida, lotin yozuviga asoslangan holda olib borildi. Shuningdek, 25.10.2021 yilda tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan Institutning yangi tarkibiy tuzilmasiga asosan Davlat tilini rivojlantirish bo‘limi tashkil etildi.
2. “Jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanadigan fuqarolarning sonini oshirish” 67-maqsadni amalga oshirishni tashkil etish maqsadida xodimlarni sport tadbirlariga jalb etish, ular o‘rtasida musobaqalar o‘tkazish ustuvor vazifa sifatida belgilandi.
2022 yil 1-yarim yillikda Institut xodimlarining sport bilan shug‘ullanishi uchun tashkil etilgan sport zalining moddiy-texnik bazasini yanada yaxshilash, sport zalini zarur anjomlar bilan taʼminlash rejalashtirilgan.
Ushbu yo‘nalishda quyidagi ishlar amalga oshirildi:
Bugungi kunga qadar sport zali quyidagi sport anjomlari bilan jihozlangan: tennis stollari, velotrenajyorlar, yugurish yo‘lakchasi, turnik va brusli devor, ko‘p funksiyali kuch trenajyori, gantellar.