Energetika sohasidagi loyihalarni jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yirik energetika loyihalarini amalga oshirish, energiya tizimi barqarorligini taʼminlash va energiya samaradorligini oshirish masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi.
Tanqidiy tahlil ruhida oʻtgan yigʻilishda qayd etilganidek, mamlakatimizda elektr energiyasi boʻyicha jami generatsiya quvvatlari 25,8 ming megavattga yetdi. Shundan quyosh, shamol va gidroenergetika 8 ming megavattni, yaʼni umumiy hajmning 31 foizini tashkil etmoqda.
Joriy yilda iqtisodiy oʻsish hamda tarmoqlarda ishlab chiqarish hajmlarining oshishi hisobiga elektr isteʼmoli yana 1 milliard
Bugungi kun holatiga koʻra, yoqilgʻ
Biroq ayrim loyihalarni kelishish va yer ajratish bilan bogʻliq jarayonlarda turli sustkashliklarga yoʻl qoʻyilayotgani oqibatida mavjud loyihalarni kengaytirish hamda yangilarini boshlash orqaga surilayotgani tanqid qilindi. Mutasaddilarga yer ajratish va toifasini oʻzgartirish ishlarini tezlashtirish topshirildi.
Umuman, joylarda energetikani rivojlantirish va energotejamkorlikni taʼminlashda Energetika vazirligi hamda hokimliklar yaqin hamkorlik va muvofiqlashuv asosida ishlashi zarurligi qayd etildi.
Loyihalarni amalga oshirishda mahalliy ishlab chiqaruvchilar va mahsulotlar ishtirokini yanada kengaytirish muhim ekani taʼkidlandi.
Jumladan, oʻtgan yili transformator ishlab chiqarish zavodi ishga tushdi. Joriy yilda yangi turdagi kabel va muftalarni, shamol elektr stansiyalari minoralari va parraklarini mahalliylashtirish loyihalarini ishga tushirish, energiya saqlash tizimlarini mahalliylashtirish loyihasini boshlash rejalashtirilgan.
Elektr energiyasini ishlab chiqarish hajmi ortayotgan sharoitda uni isteʼmolchilarga oʻz vaqtida yetkazib berish masalasi dolzarb ekani, lekin qoʻshimcha yuqori kuchlanishli magistral tarmoqlari qurilmasa, generatsiya quvvatlarining isteʼmol hajmidan oshib ketishi xavfi mavjudligi koʻrsatib oʻtildi. Oʻtgan yili elektr tarmoqlarini rivojlantirishga ajratilgan mablagʻlarni oʻzlashtirish surʼati yetarli emasligi qayd etildi.
Shu munosabat bilan yaqin yillarda jami 602 kilometr uzunlikdagi «Tolimarjon — Soʻgʻdiyona», «Sirdaryo — Halqa» va «Qorakoʻl — Nurobod» liniyalarini,
Qoʻshni davlatlar bilan energetika tizimlarini integratsiya qilish hisobiga vodiy viloyatlarida elektr taʼminotini yaxshilash rejalari ham muhokama qilindi. «Surxon —
Energiya samaradorligi borasida hali koʻp ishlar qilinishi shartligi qayd etildi.
Soha va tarmoqlarda
Respublika hududlarida issiqlik va kogeneratsiya markazlarini qurish dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish topshirildi. Toshkent shahrining har bir tumanida bittadan kogeneratsiya markazini tashkil etish ishlari davom ettiriladi, Yunusobod tajribasi asosida hududlarda 7 ta kogeneratsiya markazlari quriladi. Issiqlik stansiyalari
Yigʻilish yakunida Prezidentimiz strategik loyihalarni oʻz vaqtida ishga tushirish, magistral va taqsimlovchi tarmoqlarni jadal rivojlantirish, energiya samaradorligini oshirish yuzasidan qoʻshimcha topshiriqlar berdi.