Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
23 Jan 2026

“O‘zInjiniring” Respublika loyiha instituti” MChJ barqaror rivojlanish va atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘nalishida muhim qadam tashladi. Muvaffaqiyatli o‘tkazilgan sertifikatlash auditi natijalariga ko‘ra, Institut o‘z faoliyatining ISO 14001:2015 xalqaro va milliy standarti talablariga muvofiqligini tasdiqladi va 2026.23.01 sanasida tegishli sertifikatlarni qoʻlga kiritdi.

ISO 14001:2015 standarti butun dunyoda tan olingan ekologik boshqaruv vositasi bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlarining atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish, ekologik xavfsizlikni oshirish va resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan. Ushbu standartning “O‘zInjiniring” RLI” MChJda joriy etilishi Institutda injiniring xizmatlarini ko‘rsatishning barcha bosqichlarida ekologik jihatlar jiddiy ravishda hisobga olinishini anglatadi.

Sertifikatlarni topshirish marosimida sertifikatlash organi boʻlmish “Management Certification” MChJ rahbari Rahim Hakimov “O‘zInjiniring RLI” MChJga xalqaro va milliy sertifikatlarni tantanali ravishda topshirdi.



 ISO 14001:2015 sertifikatining olinishi Institutning doimiy ravishda takomillashib borish, ekologik xatarlarni kamaytirish va xodimlarda ekologik mas’uliyat madaniyatini shakllantirishga qaratilgan intilishini va bu bilan atrof-muhitni saqlashga va barqaror kelajak qurishga hissa qo‘shayotganligini ifodalaydi.

Ko'rishlar: 140
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech