“ISO 9001 bo‘yicha sifat menejmenti tizimining Menejeri / Ichki auditori" mavzusida 3 kunlik malaka kurslari tashkil etildi
2025-yil 12-14-may kunlari "O‘zInjiniring RLI" xodimlari uchun “ISO 9001 bo‘yicha sifat menejmenti tizimining Menejeri / Ichki auditori" mavzusida 3 kunlik malaka kurslari tashkil etildi. O‘quv mashg‘ulotlarini sifat menejmenti sohasida mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan "Smart Management" MCHJ (International Training Company) kompaniyasi tomonidan amalga oshirildi.
Kurs doirasida ishtirokchilar ISO 9001 xalqaro standarti talablariga muvofiq sifat menejmenti tizimining samarali ishlashi va ichki auditi uchun zarur bo‘lgan dolzarb bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar. O‘quv yakunlari bo‘yicha ishtirokchilarga ISO 9001:2015 SMT menejeri/ichki auditori malakasini tasdiqlovchi tegishli sertifikatlar topshirildi.




