Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
2 Aug 2024

«O‘zInjiniring» Respublika loyiha instituti navbatdagi sertifikatlashtirish auditidan o‘tdi va 2024-yil 2-avgustda institut sifat menejmenti tizimi xalqaro va milliy sifat standartlari talablariga javob berishini tasdiqlovchi xalqaro va milliy ISO 9001:2015 sertifikatlarini oldi.

«O‘zInjiniring» Respublika loyiha instituti bosh rahbari T.Urazayevga «Management Certification» MChJ kompaniyasi tomonidan berilgan ISO 9001:2015 xalqaro va milliy sertifikatlarini Mеnеjment tizimlarini sertifikatlashtirish organi rahbari R.Hakimov tantanali ravishda topshirdi.

Institutning sifat menejmenti tizimi, ishonchlilik va muhandislik xizmatlarini nafaqat qonuniy talablarga muvofiq, balki buyurtmachining individual talablariga muvofiqlik qobiliyatni ko‘rsatish Institutning asosiy maqsadidir.

Sertifikatning mavjudligi institut rahbariyati va xodimlariga ishonchini, shuningdek, hamkorlarimizga «O‘zInjiniring» tomonidan ko‘rsatilayotgan injiniring xizmatlari qonunchilik talablari va iste’molchilar talablariga muvofiqligini ta’minlaydi.



Ko'rishlar: 892
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech