Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
15 Nov 2025

«OʻzInjiniring» Respublika loyiha instituti» MChJ sanoat va infratuzilma obyektlari uchun keng koʻlamli loyihalash yechimlarini amalga oshirmoqda, bu esa loyihalash ishlarining hamda loyihaoldi va loyiha hujjatlarini moslashtirishning barcha bosqichlarida mahalliy va xalqaro ekologik normalar va standartlarga doimiy ravishda qat’iy rioya qilishni talab qiladi.

Shu bois, Institut faoliyatining xalqaro standartlarga, jumladan, ekologik standartlarga muvofiqligini ta’minlaydigan yagona siyosat va boshqaruv tizimini ishlab chiqish dolzarb vazifa hisoblanadi.

Mazkur vazifani amalga oshirish va «OʻzInjiniring» Respublika loyiha instituti» MChJda ekologik boshqaruv tizimini takomillashtirish maqsadida Institut xodimlari uchun «ISO 14001:2015 boʻyicha atrof-muhitni boshqarish tizimining menejeri/ichki auditori» deb nomlangan dasturga muvofiq uch kunli oʻquv kursi oʻtkazildi.



Oʻquv jarayonida ishtirokchilar ISO 14001:2015 standartining asosiy talablari bilan tanishdilar, ekologik jihatlarni baholash, ichki auditlarni oʻtkazish va ekologik samaradorlikni oshirish vositalaridan foydalanish usullarini oʻrgandilar. Bunda amaliy topshiriqlarga alohida e’tibor qaratildi: ishtirokchilar amaliy keyslarni tahlil qildilar, ichki audit bosqichlarini amaliy mashq qildilar, nomutanosibliklarni aniqlab, ularni tuzatish choralarini ishlab chiqdilar. Bunday format ishtirokchilarga nafaqat nazariy asoslarni oʻzlashtirish, balki Institutning real faoliyatida standart talablarini qoʻllash uchun zarur boʻlgan koʻikmalarni egallash imkonini berdi.

 

Oʻquv mashgʻulotlari tugagandan soʻng, ishtirokchilarga ISO 14001:2015 boʻyicha atrof-muhitni boshqarish tizimining menejerlari va ichki auditorlari sifatidagi malakalarini tasdiqlovchi sertifikatlar berildi. Oʻquv mashgʻuloti xodimlarning professional kompetensiyalarini rivojlantirish va Institutning ekologik madaniyatini mustahkamlashga qoʻshilgan muhim hissa boʻldi.

Ko'rishlar: 318
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech