Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
25 Dec 2025

Oʻzbekistonning jadal rivojlanayotgan energetika sektorida asosiy loyihalardan biri boʻlmish Buxoro neftni qayta ishlash zavodini (NQIZ) modernizatsiya qilish loyihasi amalga oshirilmoqda. Buning natijasida Yevro-5 standartiga mansub ekologik toza yoqilgʻiga toʻliq oʻtish va eskirgan AI-80 benzinidan toʻliq voz kechishga erishish kutilmoqda.

“Oʻzbekneftgaz” AJning umumiy investitsiya dasturi doirasida amalga oshirilayotgan Buxoro neftni qayta ishlash zavodining modernizatsiyasi diversifikatsiyalangan biznes modeliga oʻtishni anglatadi. Bu degan soʻz, daromadning katta qismi uglevodorodlarni chuqur qayta ishlashdan olinadi, bu esa iqtisodiy oʻsishga, ilgʻor texnologiyalarni oʻzlashtirishga va mintaqada hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. 

Shu munosabat bilan, joriy yilning 23-dekabrida Xitoyning “China Petroleum Engineering & Construction Corporation” (СРЕСС) kompaniyasi va “OʻzInjiniring” RLI” MChJ oʻrtasida Buxoro NQIZni modernizatsiya qilish loyihasi doirasida hamkorlik qilish toʻgʻrisida memorandum imzolandi. Mazkur memorandumga koʻra “Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan EPC-pudratchi sifatida jalb qilinayotgan “СРЕСС” kompaniyasi “OʻzInjiniring” RLI” MChJ bilan umumzavod xoʻjaligi obyektlarida EPC-shartlar asosida ishlar olib borish uchun subpudrat shartnomasini tuzadi.



Bundan tashqari, “Oʻzbekneftgaz” AJ, CPECC va “OʻzInjiniring” RLI” MChJ oʻrtasida amalga oshialajak hamkorlik boʻyicha batafsil Yoʻl xaritasi tasdiqlandi. Unga kiritilgan aniq tadbirlar jadvalida EPC-shartnomasini muhokama qilish va hukumat qarorini tayyorlashdan tortib, subpudrat shartnomasini imzolash, moliyalashtirish mablagʻlarini jalb qilish va mas’ul shaxslarni tayinlashgacha boʻlgan ishlar aks etgan. Ushbu yoʻl xaritasiga amal qilish loyihani roʻyobga chiqarishni tezlashtiradi.



Ushbu loyihani amalga oshirish nafaqat mamlakatning yoqilgʻi mustaqilligini mustahkamlaydi, balki yangi ish oʻrinlarini yaratadi, neft mahsulotlari importini qisqartiradi va issiqxona gazlarining havoga chiqarilishini kamaytirish boʻyicha milliy ESG-strategiyani hayotga tatbiq etishga samarali yordam beradi.

Ko'rishlar: 238
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech